Shavkat Mirziyoyev COP29 sammitida qatnashish uchun Bokuga bordi

Shavkat Mirziyoyev COP29 sammitida qatnashish uchun Bokuga bordi
  • 5
  • 15.11.2024 14:21:00
  • 1 daq o'qish

13-noyabr kuni COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarboyjon o‘rtasida “yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Shavkat Mirziyoyev qayta tiklanuvchi energiya iqtisodiy maqsad emas, balki kelajakka qo‘shilayotgan hissa, kelgusi avlodlar oldidagi mas’uliyat tuyg‘usining natijasi ekanligini ta’kidladi. 
Uzatiladigan energiya - bu shamol va quyosh energiyasi bo‘lib, qayta tiklanadigan va toza manba hisoblanadi hamda iqlimga ta’sirni yumshatish imkonini beradi.

🇦🇿🇺🇿Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev uchrashuv o‘tkazib, Xonkandi shahrida qoʻshma fabrikani ishga tushirdilar.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News