
- 5
- 10.07.2023 09:22:00
- 1 daq o'qish
Markaziy saylov komissiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, saylovda jami ro‘yxatga olingan saylovchining 15,6 million nafari, ya’ni saylovchilarning 79 foizi ovoz berdi. Prezident saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra:
Ulug‘bek Inoyatov (XDP) — 4,2 foiz;
Abdushukur Hamzayev (Ekologik partiya) — 3,74 foiz;
Robaxon Mahmudova (“Adolat”) — 4,43 foiz;
Shavkat Mirziyoyev (O‘zLiDeP) — 87,5 foiz ovoz to‘plagan.
Saylovchilarning 87,5 foiz ovozini olgani uchun Shavkat Mirziyoyev 7 yil muddatga O‘zbekiston prezidenti etib qayta saylandi.