
- 0
- 24.06.2025 16:17:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux va uning rafiqasi kutib oldi. Suxe-Batir maydonida faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ikki davlat madhiyasini ijro etdi. Prezidentlar faxriy qorovul oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qarshi oldilar.
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston Davlat saroyidagi Faxriy mehmonlar kitobiga esdalik yozuvi qoldirdi.
Birgalikda suratga tushishganidan keyin oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.