
- 5
- 07.06.2024 12:52:00
- 1 daq o'qish
Prezidentimizning Anqaraga tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyevni Turkiya Respublikasi nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qardosh mamlakatning oliy davlat mukofotini O‘zbekiston rahbariga Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tantanali ravishda topshirdi.
Ma’lumot uchun, mazkur oliy mukofot Turkiya Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, Turkiya bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan davlat arboblariga beriladi.