
- 4
- 25.10.2023 08:02:00
- 1 daq o'qish
Qarshi shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiali, Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasining Qarshi shahrida yangidan bunyod etilgan markaziy qozonxonasini Shavkat Mirziyoyev 24-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ko‘zdan kechirdi.
8 sentyabrda davlat rahbarining “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi, Respublika Ona va bola skrining markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga aylantirilmoqda. Shuningdek, qarorda mazkur markazning 14 ta hududiy filiallari tashkil etilishi belgilangan.
“Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasi ushbu majmua 12 Gkal quvvatga ega. Bu yerga Turkiyadan keltirilgan 14 MVtli uchta qozon o‘rnatildi. Buning evaziga yiliga 1,7 million kub metr tabiiy gazni iqtisod qilish imkoniyati yaratildi. Markaz qurilishi jarayonida hududga olti kilometr qoplamali quvur tortildi. Issiqlik tarmoqlari yopiq tizimga o‘tkazildi va yo‘qotishlardan himoya qilindi.
Ushbu majmuaning foydalanishga topshirilishi 38 ta ko‘p qavatli uydagi bir yarim mingdan ziyod xonadon hamda uchta ijtimoiy obyektni issiq suv va issiqlik bilan ta’minlaydi.