Shavkat Mirziyoyev Sloveniyaga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Sloveniyaga tashrif buyurdi
  • 0
  • 22.05.2025 16:04:00
  • 1 daq o'qish

22-may kuni Shavkat Mirziyoyev ilk bor Sloveniya poytaxti Lyublyanaga rasmiy tashrif bilan bordi. Prezident va rafiqasi Sloveniya prezidenti Natasha Pirs Musar tomonidan iliq kutib olindi. Ikki davlat rahbarlari siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Ikki davlat o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi oshirilishi, logistika imkoniyatlari kengaytirilishi, mehnat migratsiyasi, ta’lim va turizm sohalarida hamkorlik kuchaytirilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, kelasi yilda Toshkentda yoshlar innovatsion loyihalari forumi o‘tkazilishi va madaniy almashinuvlar faollashtirilishi ko‘zda tutilgan.
Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi iyulda Lyublyanada bo‘lib o‘tadi. Mirziyoyev Sloveniya prezidentini O‘zbekistonga javob tashrifiga taklif qildi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News