
- 4
- 02.09.2023 11:42:00
- 1 daq o'qish
Davlat rahbari qabr poyiga gul qo‘yib, birinchi prezident xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 2 sentyabr kuni Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi. Qabr poyiga gul qo‘yib, Birinchi prezident xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qur’on oyatlari tilovat etilib, duo o‘qildi.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilib, davlat boshqaruvini yangidan qurgan, O‘zbekiston tarixining murakkab va og‘ir davrlarida barqarorlikni saqlab, o‘zbek xalqining manfaatlarini ta’minlagan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev uning bu xizmatlarini munosib qadrladi. Davlat rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga muvofiq, birinchi prezident xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha ko‘p ishlar qilindi. O‘zbekistondagi yirik majmualar, shaharlardagi markaziy ko‘chalarga Islom Karimov nomi berildi. Toshkentda Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tashkil qilindi, Samarqandda maqbara barpo etildi.
Marosimda parlament va hukumat a’zolari, jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari ishtirok etdi. Tadbir yakunlangach, davlat rahbari Toshkentga qaytib keldi.
Manba: uznews.uz