Shavkat Mirziyoyev 68 yoshni qarshi oldi

Shavkat Mirziyoyev 68 yoshni qarshi oldi
  • 0
  • 24.07.2025 15:46:00
  • 1 daq o'qish

24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 68 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, parlamentlar, xalqaro tashkilotlar, yetakchi kompaniyalar, taniqli jamoat, din va sport arboblari, shuningdek, mamlakatimizning barcha hududlari va xorijdagi fuqarolar tomonidan tabriklar yo‘llanmoqda.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlarda otasiga bag‘ishlab quyidagi samimiy so‘zlarni yozdi:

“Dadajon! Tun-u kun Sizning o‘y-xayolingiz nimalar bilan band ekanini yaxshi bilaman. Siz xalqimiz uchun yashayapsiz. Umringizni shu yurtga, uning tinchligi, odamlar farovonligiga bag‘ishlagansiz. Chunki Siz faqat oilamizning emas, butun bir millatning otasisiz”.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News