Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka bordi.

Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka bordi.
  • 0
  • 22.09.2025 08:38:00
  • 1 daq o'qish

Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka bordi.
Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda uni AQSH Prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli, Amerika–O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Davlat rahbari BMT Bosh Assambleyasi umumiy munozaralarida nutq so‘zlaydi, shuningdek, bir qator xorijiy mamlakatlar yetakchilari, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy tuzilmalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. AQSHning yirik korporatsiyalari rahbarlari va yetakchi kompaniyalar vakillari bilan uchrashuv va davra suhbatlari ham rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News