Shavkat Mirziyoyev selektor yig‘ilishida kuz-qish mavsumida gaz ta’minotini yaxshilash haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev selektor yig‘ilishida kuz-qish mavsumida gaz ta’minotini yaxshilash haqida gapirdi
  • 4
  • 10.11.2023 08:39:00
  • 1 daq o'qish

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-noyabr kuni o‘tkazgan selektor yig‘ilishida kun tartibidagi asosiy masalalardan tashqari davlat rahbari budjetga tushumlarni ta’minlash va kuz-qish mavsumida gaz ta’minotini yaxshilash masalalariga to‘xtaldi.
 

Ayrim tuman va shaharlarda tushumlar hajmi ulardagi sanoat ishlab chiqarishi va eksportning o‘sishiga, kiritilgan investitsiyalarga, umuman, mavjud salohiyatiga mos emasligi ko‘rsatib o‘tildi. Hokimlar va mas’ul rahbarlarga aylanma soliq, alkogol va tamaki aksizining yig‘iluvchanligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, xufiyona aylanmaga qarshi kurashni kuchaytirish topshirildi.

Kuz-qish mavsumida aholi va tadbirkorlarga tabiiy gazni sifatli va uzluksiz yetkazib berish, sohadagi hisob-kitobni tartibga solish, gazdan noqonuniy foydalanishning oldini olish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tarmoq va hududlarning hisoboti eshitildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News