
- 6
- 09.09.2023 21:28:00
- 1 daq o'qish
Marokash hududida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Marokash Podshohi Muhammad VIga ta’ziya yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.