
- 5
- 13.03.2025 08:57:00
- 1 daq o'qish
12-mart kuni Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga tashrif buyurdi. Yelisey saroyida Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron muzokaralar o‘tkazib, Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qilishdi.
Shuningdek, Ikki mamlakat o‘rtasida quyidagi hujjatlar imzolandi:
🔹 O‘zbekiston-Fransiya universitetini tashkil etish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
readmissiya to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
🔹 Fransiyaning yetakchi kompaniyalari bilan O‘zbekistonda 6,5 milliard yevrolik istiqbolli kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi Investitsiya va innovatsiya sohalaridagi hamkorlik dasturi;
🔹 tashqi ishlar vazirliklarining 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
🔹 2026-2030 yillarda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlik dasturi;
🔹 diplomatik pasport egalarini viza talablaridan o‘zaro ozod qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim;
🔹 xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;
🔹 sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;
🔹 fransuz tilini o‘qitishni kengaytirish to‘g‘risida bayonnoma;
🔹 musiqa, kino va teatr sohalarida hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;
🔹 Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi bilan Fransiya Madaniyat vazirligi, Madaniy meros milliy instituti va Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti o‘rtasidagi hamkorlik bitimlari;
🔹 Toshkent va Parij shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bayonnoma va boshqa ikki tomonlama hujjatlar.