Shavkat Mirziyoyev Rossiya ichki ishlar vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya ichki ishlar vazirini qabul qildi
  • 3
  • 26.06.2024 10:05:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni amaliy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevni qabul qildi. U bilan terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, kiberxavfsizlik va raqamli ekspertiza sohalaridagi hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi. 

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi ko‘rib chiqildi va migratsiya sohasida hamkorlik mexanizmlarining samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News