
- 0
- 02.09.2025 08:23:00
- 1 daq o'qish
1-sentabr kuni Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. U nutqida:
🔷 Yadro xavfsizligi deklaratsiyasini qabul qilish,
🔷 “ShHT–Afg‘oniston” muloqot guruhini faollashtirish,
🔷 Savdoni soddalashtirish va transport-tranzit yo‘laklarini rivojlantirish,
🔷 Sun’iy intellekt asosida “yashil” platforma yaratish,
🔷 Madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish tashabbuslarini ilgari surdi.
Sammit yakunida Toshkentda ShHTning Universal markazi va Axborot xavfsizligi markazini tashkil etish qarori qabul qilindi.
Shuningdek, Prezident “ShHT Plus” formatidagi uchrashuvlarda ham qatnashib, tashkilot doirasidagi muloqotni kengaytirish va sherik davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.