Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga rasmiy tashrif bilan bordi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga rasmiy tashrif bilan bordi
  • 6
  • 06.06.2024 08:28:00
  • 1 daq o'qish

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Turkiyaga rasmiy tashrif bilan bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Istanbulning “Esonbug‘a” aeroportida O‘zbekiston prezidenti Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiy shaxslar tomonidan kutib olindi. Ikki mamlakat yetakchilari raisligida Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Tashrif dasturi davomida  ikki mamlakat yetakchi korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 15-mart kuni Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News