
- 15
- 08.10.2026 18:59:00
- 1 daq o'qish
Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Qishloq xo‘jaligi, zargarlik, yengil sanoat, farmatsevtika, kimyo va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Ayni paytda O‘zbekistonda Armaniston sarmoyasi ishtirokida 80 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Toshkent va Yerevan o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov ham yo‘lga qo‘yilgan.
Tomonlar xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha ham fikr almashdi.