Shavkat Mirziyoyev Guterrish bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Guterrish bilan uchrashdi
  • 4
  • 01.07.2024 16:30:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-iyul kuni Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazdi. Davlatimiz rahbari Guterrishning respublikaga bu galgi tashrifi "O‘zbekiston-2030" strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar BMT tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganining tasdig‘i ekanini ta’kidladi.

Muzokaralar chog‘ida global va mintaqaviy tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish holati muhokama qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News