
- 3
- 01.10.2023 14:25:00
- 1 daq o'qish
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri shayx Tamim ibn Hamad al-Soniy taklifiga binoan Qatarga jo‘nab ketdi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari ushbu mamlakatda 1—2-oktyabr kunlari bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi hamda “Expo Doxa—2023” — “Yashil sahro, yanada yaxshi atrof-muhit” xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etish ko‘zda tutilgan.
Bo‘lajak muzokaralarda yetakchilar O‘zbekiston—Qatar hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi.
Davlat tashrifi yakunida turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Manba: Darayo.uz