Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga jo‘nab ketdi
  • 3
  • 24.02.2023 08:32:00
  • 1 daq o'qish

Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida 24 fevral kuni Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev tashrif davomida mahallalar hayoti, ta’lim muassasalari va sanoat korxonalari faoliyatini ko‘zdan kechiradi. 

Bundan tashqari, yangi loyihalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, viloyatni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari belgilanadi, deyiladi rasmiy xabarda.

Manba: Kun.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News