
- 2
- 04.06.2024 16:51:00
- 1 daq o'qish
Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning taklifiga binoan 6-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo‘ladi.
Anqarada O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari raisligida Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Sammit kun tartibidan O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari ikki mamlakat yetakchi korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan birinchi qo‘shma uchrashuvini o‘tkazadi.