Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Vengriyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Vengriyaga boradi
  • 4
  • 19.08.2023 08:42:00
  • 1 daq o'qish

Prezident matbuot xizmati davlat rahbarining tashrif dasturini e’lon qildi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan joriy yil 19-20 avgust kunlari amaliy tashrif bilan Budapesht shahrida bo‘ladi. Bu haqda prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Vengriya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazadi, unda mamlakatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikning dastur va loyihalarini ilgari surish masalalari ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston prezidenti faxriy mehmon sifatida Vengriya davlat bayrami – avliyo Ishtvan kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi hamda Budapeshtda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasidagi yugurish musobaqalari finaliga tashrif buyuradi.

Manba: uznews.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News