Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonda: Strategik hamkorlik yangi bosqichda

 Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonda: Strategik hamkorlik yangi bosqichda
  • 0
  • 04.07.2025 08:10:00
  • 1 daq o'qish

 

2-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Boku shahriga bordi. O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazib, ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan hujjatlarni imzoladilar. Tomonlar 2025-2029 yillar uchun “yo‘l xaritasi”, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, ekologiya, kemasozlik, ijtimoiy himoya kabi sohalarda hamkorlik rejalari, shuningdek, viloyatlararo birodarlik kelishuvlariga erishdi.
Tashrif doirasida Bokuda 8,5 gektar maydonda “O‘zbekiston” bog‘i qurilishi boshlab yuborildi va elchixonaning yangi binosi ochildi. Diplomatik aloqalarning 30 yilligi munosabati bilan qo‘shma madaniy va yoshlar tadbirlari o‘tkazilishi belgilandi. 
Bugun, 3-iyul kuni prezidentlar muloqotni Ozarbayjonning Qorabog‘ tumanida davom ettirib, Xonkendidagi qo‘shma tikuvchilik fabrikasi va Ag‘dam shahridagi “Imorat” tarixiy-me’moriy majmuasi bilan tanishadilar.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News