Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi
  • 3
  • 15.06.2024 19:12:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Samarqand shahrida “BMT Turizm”  bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan BMTning mazkur ixtisoslashgan instituti o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhokama qilingan. 

Bundan tashqari, Samarqandda faoliyat yuritayotgan Xalqaro turizm akademiyasi imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda mehmondo‘stlik va servis sohasida malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News