Shavkat Mirziyoyev Gruziya bosh vazirini tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Gruziya bosh vazirini tavallud kuni bilan tabrikladi
  • 5
  • 25.09.2026 13:47:00
  • 1 daq o'qish

Prezident Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat avvalida davlat rahbari Irakliy Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, Gruziya xalqiga farovonlik va bardavom ravnaq tiladi. Muloqot davomida Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 2–3-iyul kunlari Gruziyaga davlat tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, Gruziyaning Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali ikki davlat o‘rtasidagi transport bog‘liqligini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News