
- 3
- 27.06.2025 10:16:00
- 1 daq o'qish
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan jurnalistlar, ijodiy va texnik xodimlarni samimiy tabrikladi.
Davlat rahbari OAV faoliyatining bugungi murakkab dunyoda ayniqsa muhimligini ta’kidlab, axborot, bahs va muloqot madaniyatini shakllantirish borasida hali ko‘p ishlar qilish zarurligini aytdi. U respublikada faoliyat yuritayotgan 2 400 ga yaqin OAVning 65 foizi nodavlat sektorga tegishli ekanini, foydalanuvchilar soni 32,7 millionga yetganini qayd etdi.
Shuningdek, bu yil “Oltin qalam” milliy mukofoti ilk bor 27-iyun kuni topshirilayotgani ma’lum qilindi.
Prezident jurnalistlarning fidokorona mehnatini qadrlab, ularni doimo qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolishini ta’kidladi.