Shavkat Mirziyoyev Bilol Erdo‘g‘an boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Bilol Erdo‘g‘an boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
  • 13
  • 08.09.2023 12:06:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston prezidenti etnosportni ommalashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 sentabr kuni Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv avvalida Bilol Erdo‘g‘an O‘zbekiston yetakchisiga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ilk bor Xiva shahrida dunyoning 60 dan ziyod  mamlakatidan qariyb 2 ming nafar sportchi ishtirokida o‘tkazilayotgan Xalqaro etnosport festivali qo‘llab-quvvatlangani va yuksak darajada tashkil etilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.

Suhbatda qo‘shma “yo‘l xaritasi” asosida ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, tajriba almashish, mutaxassislar, murabbiy va hakamlarni tayyorlash, yoshlarni etnosportga keng jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Manba:Kun.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News