
- 0
- 05.08.2025 13:29:00
- 1 daq o'qish
5-avgust kuni Ashxobodda BMTning dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha konferensiyasi doirasida prezident Shavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning “Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ordeni tantanali ravishda topshirildi.
Marosimda O‘zbekiston rahbari ushbu mukofotni O‘zbekiston xalqi va mintaqaviy hamkorlikka berilgan yuksak e’tibor sifatida qabul qilishini bildirdi. Shuningdek, Turkmaniston rahbariyati va xalqiga minnatdorlik izhor etdi.
Prezident Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaviy sheriklikning yangi modelini barpo etishga katta hissa qo‘shayotganini ta’kidlab, BMT konferensiyasi bilan Turkmaniston xalqini tabrikladi va dekabrda Ashxobodda o‘tadigan global sammitga muvaffaqiyat tiladi.