Shavkat Mirziyoyev I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlandi
  • 0
  • 30.07.2026 19:22:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-iyul kuni Qirg‘izistonga tashrif buyurdi va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov tomonidan I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlandi.
Shavkat Mirziyoyev ushbu mukofotni O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik hamda ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lidagi birgalikdagi sa’y-harakatlarning yuksak e’tirofi sifatida baholadi.


“Manas” ordeni Qirg‘izistonning oliy davlat mukofotlaridan biri hisoblanib, 1996-yilda taʼsis etilgan. Ushbu orden respublika va xorij fuqarolariga davlatchilik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va o‘zaro anglashuv rishtalarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News