⚡️ Shavkat Mirziyoyev YOII sammitida ishtirok etdi

⚡️ Shavkat Mirziyoyev YOII sammitida ishtirok etdi
  • 4
  • 28.06.2025 07:40:00
  • 1 daq o'qish

 

27-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi huzuridagi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida ishtirok etdi. Sammitda Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Kuba, Eron, BAA, Mo‘g‘uliston va MDH vakillari ham qatnashdi.

Yig‘ilishda ko‘p tomonlama iqtisodiy hamkorlik, sanoat kooperatsiyasi, raqamli texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, logistika va mehnat migratsiyasi kabi yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Davlat rahbari O‘zbekistonning YOII bilan savdo aylanmasi 80 foizga oshib, 2023-yilda 18 milliard dollarga yetganini ta’kidladi. Shuningdek, “Yevrosiyo agroekspress”, raqamli savdo, transport yo‘laklari, sun’iy intellekt texnologiyalari va “Chegarasiz mehnat” kabi loyihalardagi ishtirokini davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Prezident O‘zbekistonning ko‘p tomonlama hamkorlik orqali iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash tarafdori ekanini qayd etdi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News