⚡️ Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammitida

⚡️ Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Xitoy” ikkinchi sammitida
  • 1
  • 18.06.2025 07:09:00
  • 1 daq o'qish

 

17-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan “Markaziy Osiyo—Xitoy” ikkinchi sammitida ishtirok etish uchun Olmaotaga bordi. Ushbu sammitda Xitoy prezidenti Si Szinpin va Markaziy Osiyo davlatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari qatnashmoqda. Bu Markaziy Osiyoda boshqa davlat rahbarlari bilan o‘tkazilayotgan birinchi yuqori darajadagi sammit bo‘lib, mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishda yangi bosqichni belgilaydi .

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi. Uchrashuvda xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi. Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlangani to‘g‘risida bayonnoma imzolangani e’lon qilindi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News