Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O‘zbekistondagi AES qurilishiga start berdi

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O‘zbekistondagi AES qurilishiga start berdi
  • 4
  • 05.06.2026 10:59:00
  • 1 daq o'qish

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-iyun kuni amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga bordi. Tashrif doirasida u Vladimir Putin bilan uchrashib, O‘zbekiston–Rossiya hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, ikki davlat rahbari O‘zbekistonda integratsiyalashgan atom elektr stansiyasining (AES) birinchi energiya blokini qurish ishlariga rasman start berdi.
Qayd etilishicha, loyiha O‘zbekistonda atom energetikasi sohasini rivojlantirish, mamlakatning energetik xavfsizligini mustahkamlash hamda texnologik taraqqiyotiga xizmat qiladi. Jizzax viloyatida qurilayotgan bu atom elektr stansiyasining (AES) bazaviy qiymati 9,5 mlrd dollarni tashkil etadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News