Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni Samarqanddagi ko‘rgazmada ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni Samarqanddagi ko‘rgazmada ishtirok etdi
  • 3
  • 29.05.2025 14:26:00
  • 1 daq o'qish

 

29-may kuni Shavkat Mirziyoyev va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Samarqand Kongress markazida tashkil etilgan “O‘zbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti” ko‘rgazmasini tomosha qildi. Ekspozitsiya ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy, ilmiy va madaniy aloqalarga bag‘ishlangan bo‘lib, 9 ta mavzuli bo‘limdan iborat.

Mehmonlarga Afrosiyob devoriy suratining italiyalik usta Mauro Pellisonni yaratgan noyob nusxasi namoyish etildi.

Jorja Meloni 28-may kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. U Samarqandga kelganida prezident uni shaxsan kutib oldi. Rahbarlar Registon maydoni va “Boqiy shahar” tarixiy bog‘iga tashrif buyurdi, madaniy dastur namoyish etildi.
 qildi. Ko‘rgazma ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy, ilmiy va madaniy aloqalarga bag‘ishlangan bo‘lib, 9 ta mavzuli bo‘limdan iborat.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News