Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon erishilgan kelishuvlarning bajarilishini ko‘rib chiqdi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon erishilgan kelishuvlarning bajarilishini ko‘rib chiqdi
  • 5
  • 05.05.2023 14:14:00
  • 1 daq o'qish

Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Qayd etiishicha, Tojikiston yetakchisi O‘zbekiston Konstitusiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi.

Suhbatda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston—Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanib, savdo-iqtisodiy hamkorlik sur’ati oshib borayotgani bilan qayd etildi.

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari joriy kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish va amaliy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchun Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va ikkinchi Hududlar forumi kun tartibini puxta tayyorlash muhim ekanini ta’kidladi.

Davlat rahbalari mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashgan. Bo‘lajak tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqilgan.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News