Shashlik

Shashlik
  • 9
  • 08.03.2023 14:47:00
  • 1 daq o'qish

🥩 Masalliqlar:

Mol go‘shti 500 gr
Soya sousi 50 gr
Tuz 1 paket
O‘simlik yog‘i 100 ml
Piyoz 2 dona
Lavash xamiri 3 dona
Mayda piyoz 10 dona
Cherry pomidorlari 10 dona
Ziravor
Dungan qalampiri
Murch

👨🏻‍🍳Tayyorlanishi:

- 1 bosh piyozni to‘g‘rab, ko‘katlar va murch aralashtiring;
- Go‘shtni kub shaklida maydalang, cherry pomidorlarini 2 ga bo‘ling va kichik piyozlarni butun holatda qoldiring;
- Kub shaklida to‘g‘ralgan go‘sht, pomidor va piyozni tartib bilan sixga joylashtiring;
- Marinadlash uchun 1 bosh piyoz, o‘simlik yog‘i, soya sousi va murch solib blenderda maydalang;
- Sixlar ustidan maxsus tayyorlangan sousni quying va 1 soat shu holatda saqlang;
- Marinadlangan yarim tayyor shashliklarni va Dungan qalampirini qizdirilgan tovada pishirishni boshlang;
- Ustiga lavash xamirlarini yopib, qizdirib oling va tayyor bo‘lgan shashliklarimizni xamirga o‘rang;
- Yoniga Dungan qalampiri, mayda to‘g‘ralgan piyoz va murch bilan dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha🤤

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News