
- 0
- 22.04.2025 16:22:00
- 1 daq o'qish
Isroilning Hadera shahridagi plyajda akula bir odamga hujum qildi. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, bugun ertalab suv osti sho‘ng‘uvchi (dayver) akula bilan to‘qnashib, halok bo‘lgan.
Mutaxassislar akulalarning qirg‘oqqa yaqinlashishiga bir nechta sababni ko‘rsatmoqda. Jumladan, Israel Electric Corporation issiqlik elektr stansiyasi dengiz suvining haroratini ko‘tarib yuboradi — bu esa iliq suvni yoqtiradigan akulalarni jalb qiladi. Bundan tashqari, biologlar odamlarni dengizga oziq-ovqat chiqindilari va o‘lik baliqlarni tashlamaslikka chaqirmoqda.