Shahram G‘iyosov “face to face” marosimida ishtirok etdi 🥊

  • 3
  • 16.06.2023 13:17:00
  • 1 daq o'qish

18-iyun tongida AQShning Nyu-Orlean shahrida navbatdagi professional boks oqshomida hamyurtimiz Shahram G‘iyosov amerikalik Xarold Kalderonga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu yarim o‘rta vazn toifasidagi bahs WBA chempionlik kamari uchun Eliminator jangi hisoblanadi. G‘olib WBA kamari uchun majburiy daʼvogarga aylanadi. Bugun bokschilar yakshanba jang oldidan “face to face” marosimida ishtirok etishdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News