
- 21
- 04.11.2024 09:47:00
- 1 daq o'qish
Bokschi Shahram G‘iyosov ishtirokidagi chempionlik jangi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar qilmoqda. “Ayni paytda WBA chempionlik kamari uchun kechadigan ushbu jangni yurtimizda o‘tkazish uchun promouterlar muzokaralarni boshlagan”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, G‘iyosov shu kungacha 16 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Litvalik Eymantas Stanionis esa professional boksda 15 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Janglarining 9 tasini muddatidan avval yakunlagan.