
- 9
- 12.08.2023 12:18:00
- 1 daq o'qish
Nigeriya shimolidagi Zariya shahrida masjid binosi qualab tushishi oqibatida yetti kishi halok bo’ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Markaziy masjid binosi asr namozi vaqtida qulagan. O'sha paytda ichkarida yuzdan ortiq odam bo’lgan.
Mahalliy amaldorlardan birining so’zlariga ko‘ra, qutqaruvchilar zudlik bilan fojia joyiga yetib borgan. Dastlab qutqaruv guruhi a’zolari vayronalar ostidan to’rt nafar odam jasadini, so’ng yana uch nafar jonsiz tanani olib chiqqan.
Agentlikning qo'shimcha qilishicha, Afrikaning eng koʻp aholi yashaydigan mamlakati Nigeriyada qonunlar yomon qoʻllaniladi va qurilish materiallari kamdan-kam hollarda standartlarga javob beradi.