
- 0
- 06.08.2025 08:13:00
- 1 daq o'qish
Serbiya investitsiyalar vaziri Darko Glishich ertalabki jonli ko‘rsatuvda to‘satdan o‘zini yomon his qildi. Uning nutqi noaniq bo‘lib qolgan, yuzida assimetriya paydo bo‘lgan. Shundan so‘ng dastur to‘xtatilib, Glishich tez yordam bilan kasalxonaga olib ketilgan. Shifokorlar unga insult tashxisini qo‘yishdi. Holati og‘ir, ammo o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilgani davolanishga umid uyg‘otmoqda. Prezident Aleksandar Vuchich darhol kasalxonaga yetib borgan.