
- 3
- 22.05.2026 15:38:00
- 1 daq o'qish
Senator Qudratilla Rafiqov Shavkat Mirziyoyevning siyosiy yo‘li haqidagi maqolasida O‘zbekiston davlat gerbidagi ayrim ramzlarni qayta ko‘rib chiqish kerakligi haqida fikr bildirdi.
Rafiqovning fikricha, mustaqillikdan keyin ham davlat ramzlarida sobiq sovet mafkurasi unsurlari saqlanib qolgan. U paxta va g‘alla O‘zbekistonning bugungi milliy o‘zligi va ma’naviy qiyofasini ifodalamasligini ta’kidladi. Uning ushbu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Shuningdek, u Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham davlat ramzlarini sovet davri unsurlaridan xoli qilish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surilganini eslatdi. Jumladan, Qirg‘izistonda bayroqni o‘zgartirish haqidagi qonun imzolangan bo‘lsa, Qozog‘istonda davlat gerbini yangilash taklifi bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning amaldagi davlat gerbi 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan.