Kredit olishni o‘z-o‘ziga taqiqlash

Kredit olishni o‘z-o‘ziga taqiqlash
  • 18
  • 09.10.2024 09:33:00
  • 1 daq o'qish

Kredit-axborot tahliliy markazi portalida fuqarolar tomonidan o‘ziga o‘zi kredit olishni taqiqlash imkoni joriy qilindi. Bu o‘zgalar nomiga kredit oluvchi kiberjinoyatchilardan himoyalanish imkonini beradi. Xizmat 2025-yil 1-yanvariga qadar bepul ko‘rsatiladi. 

Mazkur xizmat yoqib qo‘yilsa, hech kim fuqaroning kredit tarixi bilan bog‘liq ma’lumotlarini ololmaydi. Natijada kredit tashkilotlari fuqaroning kredit tarixini onlayn o‘rgana olmaydi va kredit ajratish imkonsiz bo‘lib qoladi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News