Ertadan kollej va texnikumlarga tanlov boshlanadi

Ertadan kollej va texnikumlarga tanlov boshlanadi
  • 3
  • 17.08.2024 15:40:00
  • 1 daq o'qish

 18-avgustdan professional ta’lim muassasalariga tanlov boshlanadi. Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 18-avgustdan 27-avgustgacha 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida kollej yoki texnikum, kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.

Abituriyentlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, agar bali yetmay qolsa, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun qatnashishi mumkin bo‘ladi.

Natijasidan norozi abituriyentlar 18-avgustdan 27-avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali apellyatsiya arizalarini berishlari mumkin.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News