AQSH prezidenti qarorgohida kokain topildi

AQSH prezidenti qarorgohida kokain topildi
  • 3
  • 06.07.2023 08:35:00
  • 1 daq o'qish

AQSHning yuqori siyosiy rahbariyatini qo‘riqlash bilan shug‘ullanuvchi maxfiy xizmat muntazam tekshiruv vaqtida Oq uy hududidan kokain topdi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Hozir razvedka idoralari kokain qanday qilib AQSH prezidentining rasmiy qarorgohiga tushganini tekshirmoqda. Bo‘lim boshlig‘i Entoni Gulyelmi binoda kokain aniqlangan joyni va u qanday qadoqlanganini aytishdan bosh tortgan.

Topilgan kokain qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tadi, mutaxassislar uning kimyoviy tarkibi va kelib chiqishini aniqlaydi. Oq uyda kokain topilgach, evakuatsiya e’lon qilingan. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda AQSH prezidenti Jo Bayden qarorgohda bo‘lmagan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News