
- 2
- 25.03.2025 14:41:00
- 1 daq o'qish
Shon Daych Vensan Kompanining “Bavariya”da ish boshlaganidan hayratda – belgiyalik murabbiy 2022-yilda Daych o‘rniga “Byornli” bosh murabbiyi bo‘lgandi:
– Men 2014-yilda “Byornli”ni Premer Ligaga olib chiqqanimda, tarkibni kuchaytirish uchun atigi 9 million funt sarflaganmiz. Ha, keyin 33 ochko to‘plab tushib ketdik. Endi esa Kompanini olaylik: ular 127 million funt sarfladi va 24 ochko to‘pladi, lekin nimagadir uni “Bavariya” chaqirdi. Men ham klubni 127 million funt qarz bilan qoldirib, Myunxenga ketishni xohlardim. Jiddiy aytaman, bu qanday ishlashini tushunmayapman.