
- 4
- 14.03.2025 08:54:00
- 1 daq o'qish
So‘nggi yillarda Arktika butun sayyoraga nisbatan to‘rt baravar tezroq isimoqda. O‘tgan qish Shimoliy yarimsharda yana iqlim o‘zgarishining xavfli belgilari namoyon bo‘lib, dekabrdan fevralgacha bo‘lgan davr tarixdagi ikkinchi eng issiq qish bo‘ldi.
Olimlarga ko‘ra, 90 foiz ehtimol bilan Arktika muzlarining erishi va 1990-yildan beri muzliklar maydoni qisqarishiga inson faoliyati asosiy sabab bo‘lgan. Global isish bilan kurashish uchun dunyo hamjamiyati issiqxona gazlarining chiqindilarini kamaytirish bo'yicha kelishib oldi. Biroq, bu holat to'xtatilgan taqdirda ham, atmosferada avvaldan to‘plangan karbonat angidridning ta’siri yuzlab, hatto minglab yillar davomida iqlimga ta’sir qilishi ta’kidlandi.