Olimlar 13 ming yil avval yo‘qolib ketgan “dahshatli bo‘rilar”ni qaytarishdi

Olimlar 13 ming yil avval yo‘qolib ketgan “dahshatli bo‘rilar”ni qaytarishdi
  • 0
  • 09.04.2025 15:48:00
  • 1 daq o'qish

 AQSHning Colossal Biosciences kompaniyasi qadimiy DNK asosida yo‘q bo‘lib ketgan “dahshatli bo‘rilar” (dire wolf) turini qayta tikladi. 72 ming yillik bosh suyagi va 13 ming yillik tish DNKsi asosida bo‘rilar geniga 20 ta o‘zgartirish kiritilib, embrionlar surrogat ona itlarga joylashtirilgan. Natijada ikkita erkak va bitta urg‘ochi bo‘rilar tug‘ildi. Ular oddiy bo‘ridan 20–25% kattaroq bo‘lib, kuchli jag‘lari va o‘ziga xos oq mo‘ynasi bilan ajrali turadi. Olimlarning ta’kidlashicha, “dahshatli bo‘ri” turlarining tiklanishi ular yashagan ekotizimlarni o‘rganish va ularning yo‘q bo‘lib ketish sabablarini o‘rganishga yordam beradi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News