
- 0
- 05.08.2025 09:35:00
- 1 daq o'qish
Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi 42-maktabda o‘qituvchilar hashar ishlariga jalb qilingani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Holat bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1982-yilda qurilgan ushbu maktab oxirgi yillarda bir necha bor ta’mirlangan. 2023-yilda 1,2 mlrd so‘mga eshik-romlar yangilangan, 2024-yilda esa 1,3 mlrd so‘m mablag‘ evaziga sport maydoni va maktab hovlisi zamonaviylashtirilgan.
Ustozlarni majburiy mehnatga jalb qilish nazoratsiz qolgani uchun direktor Z.M. lavozimidan ozod qilindi.