Toshkentda yashin urishi natijasida maktab binosiga shikast yetdi

Toshkentda yashin urishi natijasida maktab binosiga shikast yetdi
  • 13
  • 21.03.2023 18:12:00
  • 1 daq o'qish

Toshkentda 20-mart kuni kuzatilgan kuchli shamol va yog‘ingarchilik vaqtida daraxtni yashin urishi natijasida maktab binosi eshik va oynalariga shikast yetdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 83-sonli umumta’lim maktabi ushbu tabiiy hodisadan keyingi holati aks etgan videosi tarqaldi.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar qilishicha, hodisa natijasida jabrlangan yoki halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etish ishlari olib borildi.

Manba: Daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News