Chet el universitetlariga kirganlarga stipendiya, yotoqxona, transport xarajatlari qoplanadi

Chet el universitetlariga kirganlarga stipendiya, yotoqxona, transport xarajatlari qoplanadi
  • 0
  • 06.05.2025 15:44:00
  • 1 daq o'qish

5-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda yoshlarning xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlashga doir takliflar ko‘rib chiqildi.
Endi xalqaro reytinglarda TOP-100’talik universitetlarga grant asosida o‘qishga kirgan nomzodlarga “El-yurt umidi” stipendiyasi imtihonlarsiz ajratiladi. 
Bundan tashqari TOP-300’talikdagi universitetlarga grantga kirganlarga xalqaro transport va turar joy xarajatlari imtihonlarsiz qoplab beriladi. TOP-20’talikdagi universitetlar bakalavriatiga 50 foiz grant asosida qabul qilingan Prezident maktablari bitiruvchilariga esa stipendiyalar tanlovlarsiz ajratiladi.
Qayd etilishicha, xorijda o‘qiyotgan o‘zbekistonliklar bilan doimiy muloqotda bo‘lish, ularning ehtiyojlarini aniqlash hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarida yordamlashish maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlarining ota-onalari kengashi tuziladi. Elchixona va konsulliklarga talabalarga huquqiy va tashkiliy ko‘mak ko‘rsatish vazifalari yuklatiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News