- 0
- 23.09.2025 13:15:00
- 1 daq o'qish
Qozog‘istonda efirga uzatilgan tanishuv shousida yuz bergan mojaro ijtimoiy tarmoqlarda kun mavzusiga aylandi. Yosh erkak ishtirokchi oddiy kundalik kiyimda sahnaga chiqqani uchun studiyada omma oldida tahqirlandi. Tanqidga boshqa ishtirokchilar ham qo‘shildi. Studiyada masxara va qoralash muhit hukm surdi. Zaldagi tomoshabinlar ham boshlovchining tanqidini davom ettirishdi. Holat qozog‘istonliklarni ikkiga ajratib qo‘ydi. Minglab foydalanuvchilar shou uslubini “toksik” va “reyting uchun tahqirlash” deb atab, izohlarda holatni “trash-TV”ning eng yomon namunalariga qiyoslab, dasturni yopishni talab qilmoqda. Shou rahbariyati hozircha hech qanday izoh bermagan.